четверг, 17 октября 2013 г.

Yangicha test!!!

YANGICHA TEST!!! Quyidagilarda maydoni eng kattasini belgilang? a) Sudan b) Fransiya c) Buyuk Britaniya d) Misr Test savolini murakkablik darajasiga e’tibor bermaymiz (Bu shunchaki shoshilinchda kallaga kelgan birinchi savol). To`g`ri javob a) Sudan edi. Topdingizmi, yaxshi, sizda 100 % lik natija. Nomodo topolmagan bo`lsangiz, sizni natijangiz “0” bo`lishi kerakligi mantiqsizlik, siz variantlar ichida c) Buyuk Britaniya emasligini, uning maydini kichikroq ekanligi bilishingiz nega inobatga olinmasligi kerak?! Muammoni har bir javobda to`g`rilik koifsentlarini berish orqali yechish baholashning eng ma’qul usuli bo`ladi: a) Sudan – 1 (Maydoni 1 886 ming km2) b) Fransiya – 0.56 (Maydoni 551 ming km2) c) Buyuk Britaniya – 0 (Maydoni 244 ming km2) d) Misr – 0.75 (Maydoni 1 001 ming km2) Shu asosda siz eng kichigi Buyuk Britaniya ekanligini bilganingiz uchun ham tegishli bahoni olasiz. Bir so`z bilan aytganda men aytmoqchi bo`lgan bunaqangi baholash orqali sizda o`z dunyoqarashingiz, konkret bo`lmasada mavjud bilim darajangizni to`la ochib bera olasiz, shunaqa, 10 savolni birortasiga ham to`g`ri javob bermasdan 75 % lik natijaga ham erishsa bo`ladi.