пятница, 22 ноября 2013 г.

Vatan men uchun nimani anglatadi?

Vatan men uchun nimani anglatadi? 

         Uni qadr-qimmati har kim uchun turlicha. Men uchun esa televizor bilan teng. 
        Ishdan qaytayotganda bitta pivo ichib, achqimtirroq sigaret chekishni yaxshi ko`raman. Pivo va sigaretni mahalladagi do`kondan olaman. Nimagadir shunaqasini yaxshi ko`raman. Do`kon honadonda tashkil qilingan, begona kishilar o`tirish uchun qo`yilgan skameyka, ko`chaga qaratilgan temir panjara bilan to`silgan oynadan ko`rinib turadigan bitta-ikkita kishi savdo qilayotganini ko`rmasa do`konliginiyam bilmay o`tib ketishiyam mumkin… . Ehtimol katta shaharda, ehtimol o`zga yurtlarda yuqori sifatli pivoyu sigaretlarni hashamatli barcha qulayliklarga ega supermarketdan olarman, lekin o`sha do`konni eslasam yuragim jiz etadi. O`sha Vatan to`grisidagi olamshumul gaplardan, esdaliklardan tashqari men bugun ichayotgan oddiygina “Qibray” deb ataladigan pivom, achqimtirgina sigaretim men uchun Vatanni xissiyotini, Vatan muhabbatini beradi. 
        Bir kun ikki yarim yashar farzandim tomga chiqaman deb xarxasha qib turvoldi, opchiqishga majbur bo`ldim. Chiqandan keyin atrofga, tomdan ko`rinib turgan qo`shnilarni uylariga, daraxtlarga, undan nariroqdagi dalalarga qarab “Ana endi tilizor bo`ldi” deydi. Balki qachonlardir men ham o`sha tomga chiqib qo`shnilarni uylariga, daraxtlarga, undan nariroqdagi dalalarga qaragandirman, o`sha televizorni ko`rgandirman. Meni ongimda muhrlanib qolgan o`sha ta’svir ehtimol, Vatan siymosidir. Dunyoni narigi chekkasida ham o`sha “tilizor” menga topib berolmaysiz, u “tilizor” boshqa narsani ko`rsatadi.

воскресенье, 3 ноября 2013 г.

Valuta "Qora bozorlari"

(Bu haqda eshitmagan odam yo`qdir, shu o`rinda ma’lumot o`rnida.)
     Avvalo, valuta haqida; Valuta – bu pul, horijiy pul. Misol o`rnida funt strerling, dollar, yevro kabi. Bizni so`mimiz ham valuta, horijda.
    Endi valuta kursi muvozanati haqida; ikki davlat pul birliklarini o`zaro solishtirma narxlarini valuta kursi deb atasak bo`ladi. Kurs birinchi navbatda eksport va import hajmiga bog`liq. Eksport qilinadigan tovarlarga talab import talabidan tushsa, kurs milliy valutaga nisbatan ko`tariladi. Masalan: O`zbekistoning Rossiya tovarlariga bo`lgan talabi, Rossiyaning O`zbekiston tovarlariga bo`lgan talabining oldingi holatidan ko`tarilsa rubl narxi qimmatlashadi. (Oldin 40 so`m bo`gan bo`lsa, endi 42 so`m bo`ladi.)
     Mana nihoyat “Qora bozor” haqida; Valutani almashtiradigan davlat shahobchalari mavjud. Shu shahobchani ortida, yaqinida valutani noqonuniy almashtirish bilan shig`ullanish “Valuta qora bozori” deb ataladi. Narxlarni talab va taklif asosida emas davlat tomonidan qat’iy belgilashga urinish “Qora bozor”ni vujudga keladi. Soxta narxlar kurs farqlarini keltirib chiqaradi.

    Qaysi mamlakatlarda “Qora bozor” mavjud? 
           1) Misr. Misrdagi siyosiy bo`xronlar so`ngi yillarda milliy pul birligi – funtga nisbatan ishonchni kamayishiga olib keldi, natijada funt yiliga 8 % ga harid qobilyatini yo`qotib bormoqda, bir olib-sotarning aytishicha - "Беда в том, что долларов нет. Практически, каждый, кто подходит к торговцам, намерен не продать, а купить доллары, но их не хватает" 
           2) Turkmaniston. Aytishlaricha bu yerda “Qora bozor” davlat kursidan 5 barobar! yuqori emish (2004 yil, hozir qanchaligi haqida aniq biror nima diyolmiman)
            3) Argentina. 2012 yil mamlakatda dollar sotib olishga nisbatan limitni joriy qilinishi ortidan odamlar o`z pesolarini bankka tiqishmadi, aksincha invalutani sotib olish kuchayib bordi. 2013 yilga kelib pesoning davlat kursi va “bozorchamiz” orasidagi farqi 50 % ga yetib keldi
            4) Venesuela. Bu yerda “bozorchamiz” va davlat kursi orasidagi farq 4 baravardan yuqori! 100 dollar valuta ayriboshlash shahobchasida 630 bolivar, shundoqqina bozorchada 2700-2800 bolivarga teng. Faqat instruksiyasi bor  a) обмен сопряжен с рисками, поэтому менять по параллельному нужно у проверенных людей. b) Не меняйте крупные суммы в аэропорту Каракаса! Есть большая вероятность, что вас обманут: подсунут "куклу", дадут фальшивки. Или, например, скажут, что ваши деньги фальшивые и попросят поменять купюру, а в обмен дадут вам фальшивые доллары. Могут даже ограбить. Поэтому никуда ни с кем не выходите из здания аэропорта и следите за вещами. c) Не доставайте деньги из сумки и не ведитесь на уговоры местных менял «выйти и обменять поблизости за углом». Достаньте только ту сумму, которую собираетесь менять, а остальные деньги не доставайте вообще.
            5) Belorus. Texnalogiyalashgan “Qora bozor”. prokopovi.ch sayti bosh savdo maydonchasi, sotmoqchimisiz, omoqchimiz marhamat! Aytishlaricha, saytda registratsiya pullimush.